Asoschimiz
Sakkiz yoshli orzu
Bu — mening hikoyamning boshlanishi. Mening ismim Hadicha va men 8 yoshimda o‘z biznesimni ochdim.
Men orzu qilishni juda yaxshi ko‘raman. Bir kuni o‘zimning iforimni — chiroyli, o‘ziga xos, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Fransiyadan kelgan yangi notalar bilan yaratishga qaror qildim. 🇫🇷
Shunday qilib FarKhadi paydo bo‘ldi. Har bir flakon — mening mehnatim, ishonchim va quvonchimning bir bo‘lagi.
Hayotingiz ham ertakdek go‘zal bo‘lsin, har bir ifor esa sizga go‘zal kayfiyat va eng chiroyli hislarni hadya etsin.

“Men uchun bu atirlar doimo ertaknamo kayfiyat, gullar ifori va o‘zimni malikadek his qilish bilan bog‘liq.”
— Muhabbat ila, Hadicha
Hadicha lahzalari



